13- iyul Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislar ishtirokida 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
"Kutubxona faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish" 13- iyul Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislar ishtirokida 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida markazning barcha xizmat rahbarlari tomonidan birinchi yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi. Tahlillar davomida: Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati; Fondni boyitish va raqamlashtirish ishlari; Bo‘lib o‘tgan tadbirlar samaradorligi atroflicha muhokama qilindi. AKM mutaxassislari o`z aro hisobotlarni tinglab AKM faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdilar.