"Kitobxonlik-kelajak poydevori"mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 6-iyul kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona marazida "Kitobxonlik-kelajak poydevori"mavzusida davra suhbati o'tkazildi.Davra suhbatidan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish,mutolaa qilishga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o'rni haqida fikr almashishdan iborat bo'ldi.Davra suhbatida kitob mutolaasining tafakkurni boyitish, dunyoqarashni kengaytirish va ma'naviy barkamol shaxsni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.Ishtirokchilar o'zlari sevib o'qigan kitoblari,ulardan olgan taassurotlari va kitobxonlikning hayotdagi o'rni yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.Davra suhbati davomida kutubxona mutaxassisi kutubxonadagi kitoblar haqida ma’lumotlar berilib,imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda kitobxonlik an'analarini keng targ'ib etish bo'yicha tavsiyalar berildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.