“Ochiq osmon ostida — mutolaa” loyihasi tashkil etildi.
📚 “Ochiq osmon ostida mutolaa” loyihasi Joriy yilning 7-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Madaniyat va ma’rifat markazida “Ochiq osmon ostida — mutolaa” loyihasi tashkil etildi. Tadbir davomida: 📖 o‘ttizga yaqin badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi; 📚 kitoblarning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi; ✨ mutolaaning inson ma’naviyati va tafakkuridagi o‘rni haqida suhbatlar tashkil qilindi. Yoshlar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Tadbir kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar qalbida mutolaaga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi. 📚 Kitob — tafakkur qanoti, mutolaa esa ma’naviyat manbai.