"Onajonlar-hayot chirog'i" nomli davra suhbati bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 27-iyul kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Do'stlik MFY bilan hamkorlikda Oilada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan g'oya asosida "Onajonlar-hayot chirog'i" nomli davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirning asosiy maqsadi oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ota-onalar va farzandlar o'rtasida ma'naviy muhitni mustahkamlash hamda yosh avlodni mutolaa orqali bilim va tafakkurga chorlashdan iboratdir. Kitob mutolaasi oilada ezgulik, mehr-oqibat va yuksak maʼnaviyatni shakillantiradi. Kitobxon oila-ma'rifatli jamiyatning mustahkam poydevori bo'lib, barkamol avlod tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Davra suhbatida kitoblar ko'rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.