"Yoshlar kuni"doirasida "Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni"mavzusida yosh fermer bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 22-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida iyun–avgust oylari davomida har haftaning payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni"doirasida "Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni"mavzusida yosh fermer bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda markaz direktori R.Anorova hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.Fermer xo‘jaligida ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash,suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda zamonaviy texnikalardan unumli foydalanish natijasida yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Shuningdek,xo‘jalik mahalliy aholini ish bilan ta'minlashda hissa qo'shmoqda. Nosirov Usmonning mehnatsevarligi, yangilikka intilishi va fidoyiligi yosh fermerlar uchun ibrat bo‘lib,qishloq xo‘jaligi sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda.Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni munosabati bilan barcha fermerlarga mo‘l hosil,barakali mehnat va ulkan zafarlar tilaymiz. Tadbirda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.