"Yozgi ta'til – foydali imkoniyat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 3-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida bolalarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yozgi ta'til – foydali imkoniyat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida kutubxona mutaxassisi bolalarni kitob mutolaasining ahamiyati, yozgi ta'tilda vaqtni to'g'ri rejalashtirish hamda bilim va dunyoqarashni boyitish yo'llari bilan tanishtirdi. Ishtirokchilarga qiziqarli bolalar adabiyotlari tavsiya etildi. Davra suhbati davomida bolalar she'rlar o'qidilar, topishmoqlar yechdilar. Shuningdek, sevimli kitoblari haqida o'z fikrlarini bildirdilar va mutolaa taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Davra suhbatida 10 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.