”Yozgi ta’til-sport bilan mazmunli” nomli estafeta musobaqasi bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 21-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Bolalar va o’smirlar ” sport maktabi hamkorligida ”Yozgi ta’til-sport bilan mazmunli” nomli estafeta musobaqasi bo’lib o’tdi. Tadbirning maqsadi yoshlarni jismoniy faollikka jalb etish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jamoada ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish va do’stlik hamda ahillik muhitini mustahkamlashdan iborat. Musobaqa davomida ”Burgutlar va Chaqmoq” jamoalari bellashdilar bellashuvda ishtirokchilar chaqqonlik va epchilliklarini sinovdan o’tkazishdi. Bunday tadbirlar yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga qiziqtirish , sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga xizmat qiladi. Zero, sog’lom va faol yoshlar-Yangi O’zbekistonning ishonchli tayanchi va porloq kelajagidir. Musobaqada ”Burgutlar” jamoasi go’lib bo’lishdi va esdalik sovga’lar bilan taqdirlandi. Tadbirda 53 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.